Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashladi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan pastga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xabar berdi.

13 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Samarqand viloyati Saxovat MFYda yashagan 29-maktabning 8-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan 2010-yilda tug‘ilgan M.R. Samarqand shahar Bahor MFYda joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining 8-qavat yo‘lak derazasidan o‘zini tashlab joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling