Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirildi

9-iyuldan 9-avgustga qadar ayrim yo‘nalishlar harakati Milliy bog‘ ko‘chasi orqali tashkil etiladi.

Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlari sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirilmoqda. Bu haqda poytaxt transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 9-iyuldan 9-avgustga qadar ayrim yo‘nalishlar harakati Milliy bog‘ ko‘chasi orqali tashkil etiladi. Jumladan:

190-sonli avtobus yo‘nalishi

  • Yangibozor AShB — Mashinasozlar metro bekati AShB yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.

106-sonli avtobus yo‘nalishi

  • Saodat savdo markazi — Akfa Universiteti yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi. Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.

Yo‘lovchilardan ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olish va safarlarini oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling