Uchinchi Hyundai Rotem tezyurar poyezdi O‘zbekistonga olib kelindi

Temiryo‘lkargo tomonidan Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston maxsus tranzit marshruti ishlab chiqildi.

Janubiy Koreyadagi ishlab chiqaruvchi zavoddan O‘zbekistonga navbatdagi uchinchi Hyundai Rotem poyezdining multimodal yo‘nalish orqali yetkazib berish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Temiryo‘lkargo xabar berdi.

Tashuv jarayonida katta gabaritli va og‘ir vaznli vagonlarni olib o‘tish uchun maxsus avtotransport vositalari hamda platformalardan foydalanildi. 

Tranzit davlatlardagi yuklash va qayta yuklash punktlarida yukning butligini saqlashga qaratilgan maxsus texnologiyalar qo‘llandi. 

Shuningdek, tranzit, sug‘urta va bojxona jarayonlari yagona logistika zanjiri doirasida muvofiqlashtirildi.

Temiryo‘lkargo tomonidan Janubiy Koreya — Xitoy — Qozog‘iston — O‘zbekiston maxsus tranzit marshruti ishlab chiqildi. 

Ushbu yo‘nalishda dengiz, avtomobil va temir yo‘l transporti imkoniyatlari yagona samarali tizimga birlashtirildi.

Maʼlumot uchun, loyiha doirasida dastlabki 7 ta vagondan iborat poyezd fevral oyida O‘zbekistonga olib kelingandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling