Qo‘qon shahrida noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qamoqqa olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
26-avgust kuni Yangibozor hududida noqonuniy valyuta ayirboshlash va firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan 11 nafar shaxslar ushlandi.
Ularga nisbatan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar JIB Qo‘qon shahar sudida ko‘rib chiqilib, 11 nafar shaxslarning har biriga 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.