Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot, Chilonzor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 1-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yangihayot tumani: “Yangi Gulzor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 220 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 4 ta

Chilonzor tumani: “Katta Olmazor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 478 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 5 ta

Shayxontohur tumani: Navoiy ko‘chasi

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 8 ta ko‘p qavatli uy
  • Mazkur hududdagi ulgurji iste‘molchilar

Toshkent vil. O‘rtachirchiq tumani: “Yangi turmush” MFY

  • Aholi iste‘molchilari soni: 410 ta yerli xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling