Toshkentning ikki tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 21-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yangihayot tumani (14:00 dan 18:00 gacha): “Navqiron“,“Olchazor” va “Mash‘al” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 277 ta yerli xonadon, 4 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Sergeli tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Xonabod”,”Sadoqat” va “Xongtepa” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 1528 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 31 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling