Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Mehrigiyo koʻchasida 25-mart kuni soat 22:50 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Spark, Nexia-3 va Malibu-2 avtomashinalari toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlarga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling