Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot, Yunusobod va Shaxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 30-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yangihayot tumani: “Chortoq” MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 225 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 6 ta

Yunusobod tumani: “Minor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 210 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 15 ta

Shayxontohur tumani: Toshkenboyeva ko‘chasi

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 3 ta ko‘p qavatli uy
  • Mazkur hududdagi ulgurji iste‘molchilar

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling