Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Choshtepa ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 1-avgust kuni soat 13:30 larda sodir bo‘lgan. Unda IVECO, Captiva, 2 ta Lacetti, Spark, Onix, Malibu-2, Cobalt, Hyundai va Tracker-2 avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Maʼlumotga ko‘ra, YTH yuk mashinasi haydovchisining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.