Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 21-oktabr kuni Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) – “Toshkent" MFY
  • Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 09:00 dan 17:00 gacha) – “Alisherobod”, “Ijodkor”, “Zakovat”, “Jasorat”, “Iqtidor” va “Chingeldi” MFYlari
  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) - “Qutbaraka” MFY
  • Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) - “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor” va “Botirma” MFYlari

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling