Toshkent viloyatining Yangiyoʼl tumanida fuqarolar N.R. hamda N.S. tomonidan 52 ta kaptar noqonuniy ravishda ovlanganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Natijada tabiatga 19,5 mln soʼm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Holatga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudiga yuborilmoqda.