Toshkent viloyatida yuk mashinasi velosiped haydab ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani, “Baytish” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda 5-iyun kuni soat 11:30 larda YTH sodir bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan K.T. yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchiga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan velosipedchi 2016-yilda tug‘ilgan Yu.E.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotkizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling