Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida koʻp qavatli uylardagi xonadonda gaz chaqnashi natijasida portlash sodir boʻldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
27-mart kuni taxminan soat 21:50 larda Yangiyoʻl tumani Gulbahor mahallasidagi xonadonda yashovchi, 1970-yilda tugʻilgan B.A. hamda uning turmush oʻrtogʻi 1979-yilda tugʻilgan, Oʻ.A.ning tanasi 60 foiz kuyishi tashxisi bilan shifoxonaga kelgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Yangiyoʻl tumani Gulbahor mahallasi Gulbahor koʻchasi 1-uyning 2-qavatida joylashgan 5-xonadonda toʻplanib qolgan tabiiy gazning chaqnashi natijasida portlash sodir boʻlgan.
Buning natijasida B.A. hamda uning turmush oʻrtogʻi 1974-yilda tugʻilgan Oʻ.A. turli kuyish tan jarohatlari olgan. Chaqnash natijasida 5 ta qavatdan iborat uyning 3 ta qavat xonadonlar oynalari singanligi maʼlum boʻldi.
Ushbu koʻp qavatli uy toʻliq bitkazilib topshirilmaganligi sababli bu yerda fuqarolar yashamasligi aniqlandi.