Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yangiyo‘l tuman bo‘limi davlat inspektorlariga nisbatan xizmat vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan bezorilik harakatlari sodir etildi.
4-yanvar kuni Yangiyo‘l tumani Samarqand MFY hududida tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i A.N. hamda bosh mutaxassis A.J. navbatdagi nazorat reyd tadbirlarini olib borayotgan paytda 4 nafar noma’lum shaxs o‘zlarining Jiguli mashinasida ularning yo‘lini to‘sib, xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qildi.
Xodimlar o‘zlarini tanishtirish maqsadida xizmat guvohnomalarini taqdim etgan vaqtda huquqbuzarlar ularga tashlanib, turli tan jarohatlari yetkazishgan va kiyimlari yaroqsiz holatga keltirilgan.
Inspektorlarga Yangiyo‘l tumani markaziy shifoxonasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada deya baholanmoqda.
Hozirda ushbu holat Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling