Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Hatori faoliyati yakunladi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanib, savdo, investitsiya, ta‘lim, madaniyat va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Falastinning O‘zbekistondagi elchisi Javad Muhammad Avad ham ishini yakunladi.
Ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi elchinining sa‘y-harakatlariga minnatdorlik bildirildi.
Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirishning qat‘iy tarafdori.