Fuqarolarni Yaponiyaga ishga yubormoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Andijon shahrida yashovchi, 1990 y.t. shaxs fuqarolarni Yaponiyaga ishga yuborish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon tarqatib, koʻpchilikning ishonchiga kiradi.

Ammo, u Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni amaldagi tartib-qoidalarni chetlab oʻtgan holda, Yaponiyaga ishlash uchun yuborish evaziga 7,4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, Oltinkoʻl tumanida yashovchi, 1995 y.t. shaxs va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. tanishi oʻzaro til biriktirib, poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirishadi.

Ular mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Yaponiyaga ishga yuborish evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1995 y.t. shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling