Shota Rustaveli ko‘chasining Janubiy vokzal – Sergeli (“O‘zgarish” ko‘prigi) qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, cheklov 26-sentyabr soat 17:00 dan 29-sentyabr soat 07:00 gacha amal qiladi.
Bunga ko‘chada yo‘l ta‘mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ladi.
Shu munosabat bilan haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.