Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yashnabod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 13-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yashnabod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Mahtunquli“

  • Aholi xonadonlar soni: 24 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 8 ta

Sergeli tumani (11:00 dan 16:00 gacha): “Xonabodtepa”,”Quruvchilar” va “Xonabod” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 857 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 23 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling