Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yashnobod va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 7-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Yashnobod tumani (10:00 dan 17:30 gacha): “Uysozlar” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 4500 ta yerli xonadon, 67 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 40 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Binokor” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 718 ta yerli xonadon, 22 ta koʻp qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 42 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling