Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Yashnobod va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 3-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumanining ayrim hududlariga soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Yashnobod tumani: “Beshbola” MFY

  • Aholi xonadonlari soni: 400 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Yangihayot tumani: “Choshtepa” MFY Oʻzar koʻchasi

  • Aholi xonadonlari soni: 213 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Mirzo Ulugʻbek tumani: “Ahmad Yugnakiy” dahasi

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 25 ta koʻp qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar: 17 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling