Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarida 25, 26 va 27-mart kunlari issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Shu munosabat bilan ko‘rsatilgan sanalarda bir qator hududlarda soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
25-martda – Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRES mikrorayoni)
Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yuli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Bo‘z, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik xalka yo‘li, Katta xalka yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalang‘och mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyozi, 1-Bo‘z, 2-Bo‘z ko‘chalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
26-martda – Chilonzor va Uchtepa tumanlari
Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘pon ota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalka yo‘li, Naqqoshlik, Dombrobad, 4-y proyezd Dombrabad, Serkuyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston ko‘chalari Chilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar)
27-martda – Mirzo-Ulugbek tumani
Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelari.
Sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda. Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yo‘llar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin.