Toshkentning bitta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatildi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holatni bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda 14-mart kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Cho‘lpon” MFYdagi 12 ta ko‘p qavatli uy va 70 ta yerli xonadon
  • “Mashinasozlar” MFYdagi 25 ta ko‘p qavatli uy
  • “22 harbiy shaharcha”dagi 35 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 25 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling