Toshkentdagi yangi qurilayotgan “dom”da yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida uyning 11-qavatida taxminan 200 kv metr maydonda qurilish yog‘och qoliplari yongan.

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasidagi qurilish obyektida 22-may kuni soat 12:43 da yong‘in ro‘y sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:52 da yong‘in joyiga yetib borib, 13:19 o‘rab olingan.

Yong‘in soat 13:43 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida yangi qurilayotgan baland qavatli uyning 11-qavatida taxminan 200 kv metr maydonda qurilish yog‘och qoliplari yongan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta suv tashuvchi texnikalar jalb etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling