Toshkentdagi podstansiyada yongʻin sodir boʻldi

Podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlangani aniqlandi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Mavlono Riyoziy koʻchasida joylashgan podstansiyada 11-aprel kuni soat 13:20 da yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:27 da yetib borib, yongʻin soat  13:41 da oʻchirildi. Aytilgan manzilda podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlangani aniqlandi.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda yongʻin sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling