Toshkentning yana bir tumanida bugun gaz vaqtincha boʻlmaydi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Taʼmirlash ishlari tufayli Yashnobod tumanining ayrim hududlariga 12-noyabr kuni soat 13:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni:

“Joʻrabek” MFY, “Oʻqchi Olmazor” MFY F.Yoʻli va Obod makon koʻchalarida 28 ta koʻp qavatli uylardagi 1250 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, — deyiladi “Hududgaz Poytaxt” GTF xabarida.

Avvalroq, Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida taʼmirlash ishlari tufayli 12-noyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to'xtatilishi aytilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling