Juma kuni havo harorati 13 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Oʻzgidromet Oʻzbekistonda 14-fevral, juma kuni havo harorati qanday boʻlishini maʼlum qildi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 7-9° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ayrim joylarda qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tsuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling