Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot dvigatellardan biri Vnukovo aeroportiga qo‘nayotganda ishdan chiqdi

Havo kemasi bortida 132 yo‘lovchi bor edi

15-yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishidagi HY9607 aviaqatnovi belgilangan ayeroportga qo‘nayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqdi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli proseduralar bajarildi va samolyotni belgilangan ayeroportga qo‘ndirishga qaror qilindi.

Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, havo kemasi bortida 132 yo‘lovchi bor edi.

"Uzbekistan Airways texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda. Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro ayeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi. Keltirilgan noqulayliklar va ushbu havo kemasida ilgari rejalashtirilgan aviaqatnovlarning kechikishi uchun uzr so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling