Navoiyda ijara huquqi asosida ajratilgan yerni 32 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Navoiyda fuqaro K.X.ning viloyat IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaro M.A. va S.S.lar Xatirchi tumani "Madaniyat" mahallasi hududida joylashgan “Ya.D.” fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan 33 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonining 11,5 gektar qismini 32 ming dollar evaziga sotishga kelishgan.

Kelishilgan puldan 24 ming dollar va 102,8 mln so‘m pullarni olayotgan vaqtlarida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling