Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ToshIEM (M-0, M-5, M-8) tomonidan olib boriladigan rejaviy profilaktika ishlari munosabati bilan 28-apreldan 2 maygacha issiq suv uzatilishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Issiq suv o‘chiriladigan mavzelar:
- Mirobod tumani: Afrosiyob, Shahrisabz, Tarasa Shevchenko, Nukus, Aybek, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirabad, Yakuba Kolosa, Chimkentskaya, Yahyo Gulyamova, Buyuk Turon, Istiqlol, Zarafshon, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Heydar Aliyev, Abdulla Avloniy, Markaz-7.
- Chilonzor tumani: Arnasay, Katta Chilonzor, Mukimi, Seulskaya, Choponota, Lutfiy, Bogiston, Imom at-Termiziy, Chilonzor kvartallari 1, 2, 3, 7, 5, 6, 7, 8, 9, E, I, Markaz.
- Shayxontohur tumani: Navoiy, Nurafshon, Gulxaniy, Samarqand Darvoza, m/v Aktepe, mikrorayon Aktepe.
- Yunusobod tumani: Amir Temur prospekti, Sharof Rashidov ko‘chasi, Sayilgoh, Matbuotchilar.
- Yakkasaroy tumani: Glinka, Shota Rustaveli, Bogibuston, Askiya, Shaxjahon, Jamshid Shoshiy, Urikzor, 5-y proyezd Bogtepa, 1-y proyezd Jiydazor, Belarik, Kichik halka yo‘li, Kichik Beshagach, Abdulla Qahhor, Qushbegi, Bashliq, Babur, Islom Karimov.
- Sergeli tumani: Qumariq, Oltin vodiy, Uchuvchilar shaharchasi.
- Yashnobod tumani: Elbek, Sodiq Azimov.