Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Uzbekistan Airways 8 mlrd dollarga 22 ta Boeing samolyotini xarid qiladi

Samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Boeing kompaniyasi bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish va yana 8 ta shu turdagi havo kemasini opsion sifatida olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.

O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif chog‘ida imzolangan “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp esa "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

"Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni “Boeing” bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! "Uzbekistan Airways" 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev - bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga eʼtiboringiz uchun tashakkur".

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling