Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ekologiya vazirligi atmosfera havosini ifloslantirgan 20 ta korxona faoliyatini to‘xtatdi

154 nafar shaxsga nisbatan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkent shahri atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar bartaraf etilmoqda, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

2025-yilning 8 oyida Toshkentda 1452 obyekt xatlov qilindi, 174 ta tungi reyd tadbiri o‘tkazilib, 281 ta qonun buzilish holati aniqlandi. 

154 nafar shaxsga nisbatan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta obyekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida sudga ariza kiritildi, 179 ta qonun buzilish holati bartaraf etildi. 

Shuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling