O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln so‘m) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hukumatning “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;
  • pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;
  • “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.

Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln so‘m) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling