Jizzaxda 345 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Jizzax shahrida 345,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Jizzax shahrida joylashgan “A.O.B.S.” MChJga qarashli yog‘-moy ishlab chiqarish sexi uchun o‘rnatilgan tok transformatorining ikkilamchi zanjir simlarini uzgan holda elektr hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta‘minoti korxonasiga 345,4 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar