Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻladi?

Harorat kechalari 2-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja iliq boʻladi

Bugun kunduzi Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyatining shimolida va kechga tomon Toshkent viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Harorat 0-5 daraja iliq boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0-5 daraja sovuq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 5-8 daraja iliqqacha, janubda 10-12 daraja iliqqacha isitadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent shahrida bugun havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon kuchsiz qor yogʻishi mumkin. Harorat 2-4 daraja iliq boʻladi. Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat kechalari 2-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling