Toshkentda piyoda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Toshkent shahrining Yashnobod hamda Bektemir tumanlarida 13-aprel kuni YTHlar sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani, Yangi Oʻzbekiston koʻchasida BYD hamda Lacetti avtomashinalari toʻqnagan.

Hodisa oqibatida Lacetti rusumli avtomashinasining 2 nafar yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Bektemir tumani, Xonobod koʻchasida 1998-yilda tugʻilgan D.A. HOWO yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan1969-yilda tugʻilgan piyoda G.D.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling