Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Yo‘ldosh aloqa operatorlari uchun 5 yilga soliq imtiyozlari joriy etiladi

O‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tizimlari joriy etiladi va foydalanishning normativ-huquqiy asoslari yaratiladi.

Prezident respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qarorni imzoladi

Hujjat bilan, yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 

Jumladan, o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tizimlari joriy etiladi va foydalanishning normativ-huquqiy asoslari yaratiladi.

Olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilandi.

2026-yildan 5 yil muddatga o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida imtiyozlar beriladi. Bular:

  • import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
  • yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;
  • yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling