O‘zbekistonda ish haftasi davomida ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

Hafta o‘rtasidan respublika bo‘ylab bulutlilik oshishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekistonda biroz bulutli, iliq havo saqlanib turadi, harorat kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Hafta o‘rtasidan respublika bo‘ylab bulutlilik oshishi kutilmoqda, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16-17-yanvarda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushushi mumkin. Sharqdan shamol yengil o‘rtacha tezlikda esadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati kechasi 0-3 daraja iliq, 13-14-yanvar kunlari kunduzi 11-13 daraja iliq, 15-17-yanvar kunlari esa 8-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling