Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat 25-26-oktabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati 24-oktabrda 25-30 darajani, shimolda 21-26 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari esa havo harorati asta-sekin pasayadi va 25-oktabrda 23-28 darajani tashkil etadi.
26-oktabrda esa 21-26 daraja, shimolda 25-26-oktabrda 19-24 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati shanba kuni 25-27 daraja, yakshanba kuni 24-26 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 13-15 daraja atrofida bo‘ladi.