Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20-22 m/s ga yetishi mumkin.

20-22-iyunda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha ko‘tariladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling