Oʻzbekiston boʻyicha 29-31-mart kunlari iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, faqat 29-martda ayrim togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezikda esadi, 30-31-mart kunlari respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa 19-22 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 23-26 daraja iliqqacha isiydi.
Toshkent shahrida 29-31-mart kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechalari 5-8 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari 20-22 daraja iliqqacha koʻtariladi.