Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Dam olish kunlarida quruq ob-havo saqlanib turadi

Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

O‘zbekiston bo‘yicha 3-5-oktabr kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat 4-oktabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 23-25 daraja, 5-oktabrda kechasi 10-12 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling