Fevral oyida ob-havo qanday boʻladi?

Respublika hududi boʻyicha birinchi oʻn kunlik oxirida yogʻingarchilik boʻladi

Bu yil fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib taradigan quruq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu davr boshida havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi. 6-7-fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Respublika hududi boʻyicha birinchi oʻn kunlik oxirida asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda har oʻn kunlikda 2-3 kundan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda

Fevral oyida respublika hududi boʻyicha oylik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan koʻp boʻlmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling