Ish haftasi davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin

Respublikning g‘arbiy hududlariga 23-martda nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlandi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘di, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi. 24-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlariga nam havo massalari tarqaldi.

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ba‘zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 12-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

Ish haftasining oxirigacha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi bo‘yicha ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, faqat 26-28-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.

Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari 4-6 daraja iliqni, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin), 24-25-mart kunlari ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 24-25-mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 24-martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

25-martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

26-27-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 4-6 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 8-10 daraja iliqqacha pasayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling