O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino arbobi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi.
Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi O‘zbek davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor, keyinchalik teatr direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi raisi, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktori va rejissyori, “Do‘stlik” ordeni sohibi sifatida tanilgan.