Futbol boʻyicha 17 yoshlilar oʻrtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Finalda Oʻzbekiston yoshlari Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi boʻlimda oʻzbekistonlik ikki nafar futbolchi qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Ikkinchi boʻlimga Oʻzbekiston terma jamoasi 9 kishi boʻlib chiqdi.
51-daqiqada Muhammad Hakimov penaltidan hisobni ochdi. 70-daqiqada esa Sadriddin Hasanov hisobni ikkitaga oshirdi.
Shunday qilib, Oʻzbekiston yoshlari Osiyo chempioni boʻldi. Shu bilan birga, Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.