Futbol boʻyicha 17 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻtkazilmoqda. Turnirning 2-tur bahslarida Oʻzbekiston yoshlari xitoylik tengdoshlari bilan bahs oʻtkazdi.
Uchrashuvda hisobni Xitoy terma jamoasi ochdi. 33-daqiqada Jang Chengrui gol urdi. Birinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalar oʻtib borayotgan pallada Sadriddin Hasanov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlimda har ikki terma jamoada ham yetarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. 86-daqiqaga kelib Asilbek Aliyev gol urib, Oʻzbekiston terma jamoasiga gʻalaba keltirdi.
Shunday qilib, oʻzbekistonlik yoshlar oʻz guruhida 6 ochko bilan yetakchiga aylanib, Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.