Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Toshkentda shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning katta qismida 6-7-iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat 6-iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlari va 7-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi 34-37 darajagacha yetadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning shimolida 7-iyunda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7 iyun kunlari ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 34-36 daraja bo‘ladi.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling