Bugundan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, havo harorati ish haftasi davomida 36-39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo qayd etiladi.
Shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 36-39 daraja, kechasi 21-24 daraja bo‘ladi.