29-yanvar kuni Toshkent shahar Bektemir tumani Barhayot koʻchasidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Natijada hududdagi 300 ta yerli xonadon va 15 ta koʻp qavatli uylardagi 940 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Ayni vaqtda tumangaz gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng isteʼmolchilarni ogohlantirgan holda gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling