Yuliya Risyukova Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga rahbar bo‘ldi

Hilola Umarova markazga vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova 4-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilish avvalida Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi o‘qib eshittirildi. 

Unga ko‘ra, Yuliya Risyukova Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi. 

Hilola Umarova markazga vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Yig‘ilish davomida markaz oldiga qo‘yilgan vazifalar va taʼlim sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling